Qanday qilib o’z qo’llarimiz bilan sayt yaratishimiz mumkin?

Sayt yaratish Sayt yaratish
Ushbu maqolada sayt yaratish mavzusini ko'rib o'tamiz. Sizga qiziq bo'ladi degan umiddaman.

Hech qanday bilimga ega bo’lmasdan turib, bepul o’zimiz qanday qilib sayt yaratish mumkin? “Domen” va “hosting” tushunchalari haqida ko’rib chiqamiz. Bu o’zi nima va ular nega kerak? “Konstuktorlar”, “CMS” va “Noldan” yaratilgan saytlar haqida mavzu oboriladi. Shuningdek, Ularni farqi va imkoniyatlari to’liq ushbu maqolada!

Agar Sizga yuqorida ko’rsatilgan mavzular qiziq bo’lsa va muhim ekanligini tushunayotgan bo’lsangiz, unda savollaringizga to’liq javob berishga harakat qilamiz. Zamonaviy va funksional saytlarni yaratishni o’rganib, Siz o’zingiz uchun internet biznesda proektlar yaratishingiz, boshqalarga sayt yaratish xizmatini taqdim etib pul ishlashingiz mumkin yoki oddiy sayt yaratishni bilish internetda katta sharafdir 🙂

Sayt yaratish o’zi nimadan boshlanadi?

Umuman sayt yaratilayotganda, kishining to’liq maqsadidan kelib chiqib sayt yaratiladi. Har bir saytning o’zini maqsadi mavjud.

Nima maqsadda sayt yaratish mumkin?

To’liq nazar bilan internetni aylanib shu narsaga e’tibor berish kerakki, yangi saytni yaratish maqsadlarini ikki bo’limga bo’lish mumkin:

  • Tijoratli
  • Tijoratsiz

Tan olish kerak, saytlarning ko’pchiligi aynan tijoratli maqsadda yaratilgan. Keling, bularning misollarini ko’rib o’tamiz.

Demak, tijoratli sayt quyidagi maqsadlarda yaratilishi mumkin:

  • Xizmat yoki mahsulotlarni sotish (qwerty.uz, click.uz) ;
  • Shaxsiy yoki siyosiy piar (get-money.uz, xushnudbek.uz);
  • keyinchalik daromad olish uchun qimmat baholi ma’lumotlarni yetkazish (infodavron.uz, bitok.uz);
  • kompaniyaning ijobiy tasvirini oshirish (libinvest.uz, agros.uz);
  • mijozlar uchun sayt yaratish (my.click.uz, merchant.click.uz).

Sayt yaratishning notijorat maqsadlariga kelsak, ular orasida hayriya tashkilotlari uchun internet-resurslar, shuningdek, foydalanuvchi guruhlari o’rtasida turli kontent va ma’lumotlarni almashish uchun mo’ljallangan internet saytlarini yaratish mumkin (facebook, instagram).

Sayt yaratishdan oldin vazifalarni aniqlash

Avvalambor, har qanday yaxshi tashkil etilgan sayt keng ko’lamli vazifalarni hal etishga qodir ekanligini ta’kidlash kerak. Misol uchun:

  • Sizning biznesingiz uchun maqsadli tashrif buyuruvchilar oqimini shakllantirish;
  • Potensial mijozlardan kelib tushgan arizalarni samarali qayta ishlashni tashkil etish;
  • Kompaniya yoki shaxsiy brendni rivojlantirish;
  • Potensial mijozlar tomonidan kelgan ishonchni shakllantirish;
  • Matn, rasm, shuningdek, video va audio materiallar kabi ko’p terilgan formatlardagi dolzarb ma’lumotlarni taqdim etish;
  • Saytga tashrif buyuruvchilarning qiziqish bildirgan fayllarini yuklab olish imkoniyatini, masalan, narx-navo ro’yxati yoki taklif etilayotgan mahsulot taqdimoti;
  • Biznesingizni avtomatlashtirish;
  • va yana boshqa ko’rsatmalar.

Sizning saytingiz qanday muammolarni hal qilishini bilasizmi? Bu juda muhim, chunki faqat belgilangan vazifalarga asoslanib, siz internet-resursingizni yaratish uchun mos bo’lgan sayt turini tanlashingiz kerak.

Sayt yaratish uchun texnik jihatlari

O’z veb-saytingizni yaratishning texnik jihatlari asosan kerakli vositalarni to’g’ri tanlashga bog’liq. Avvalo, bugungi kunda saytni mustaqil yaratishning uchta asosiy usuli borligini tushunish kerak:

  • konstruktorlar yordamida;
  • CMS-sistemasi orqali;
  • saytning manba kodini mustaqil ravishda yozish orqali;

Keling, ushbu usullarning har birini batafsil ko’rib chiqaylik. Bizning fikrimiz bo’yicha qulay qilgan holda boshlanuvchilarga to’g’ri keladigan usullarni ko’rib chiqamiz.

Sayt konstruktorlari

Ular yordamida hozir kichik sayt yaratish imkoni bor. Hech qanday bilimga ega bo’lish shart emas. Konstruktorlar internetda ko’p, o’zingizga to’g’ri keladiganini tanlab, tekin versiyada to’liq yaratib bo’lgach oddiy ta’rifli aktiv statusga o’tsangiz bo’ldi.

Mashhur konstruktorlar:

va boshqalar

Lekin, bu usul bilan sayt yaratishni o’rganib Siz deyarli hech nimaga erishmaysiz. To’g’ri bir xilgi paytlar 1-2 soat ichida sayt yaratish kerak bo’ladi va Men o’ylayman bular siz uchun ideal variant bo’ladi, ammo bu usul bilan Siz moliyaviy shug’ullanishingiz qiyin va shaxsiy saytingiz sifatida daromad manbayiga uni aylantirishingiz murakkab bo’ladi. Yana bo’lsa, konstruktorlar ham arzon emas va bu yana bir kamchiligi demakdir. Yomon kamchiligi shundaki, saytingiz chegaralangan funksional ostida bo’ladi. Siz o’zingiz xohlaganingizdek saytingizni yarimini ham yarata olmaysiz!

CMS orqali

Bu usulni tajribali dasturchilar kamsitishadi, o’zim ularni qatoriga kirmasam ham, ularni to’liq tushunaman. Sababi, tajribali dasturchi uchun chegara deyarli yo’q)

CMS orqali yaratadigan bo’lsangiz, u katta funksionalga ega bo’lishi mumkin.

Bu usul yordamida sayt yaratish uchun bilim deyarli kerak bo’lmaydi, ammo saytingiz ko’pchiliknikiga o’xshash bo’ladi va bunday saytlarni “shablonli saytlar” deb atashadi.

Agar Sizning Html/Css/Php yoki Js bilimlaringiz bo’lsa, deyarli xohlaganingizdek sayt yarata olasiz. Ishoning, o’zim ilgari faqat shunday yaratib kun kechirar edim…

Mashhur CMS-sistemalar:

  • WordPress
  • Joomla
  • OctoberCms
  • Drupal
  • DLE

Lekin, bu yerda kamchiliklar ham yo’q emas. Birinchidan, saytingiz baribir chegaralangan funksionalga ega bo’ladi. Ikkinchidan, agar murakkabroq proekt qilishni ko’zlab qo’ygan bo’lsangiz, baribir kuchli bilimga ega bo’lishingizga to’g’ri keladi.

Mustaqil sayt yaratish

Uning nomi aslida unday emas, uni “noldan” deb ko’pchilik atashadi.

Bunday saytlarni faqat dasturchilar yarata olishlari mumkin, shuning uchun Siz birinchi qadam bilan web-dasturlashni o’rganishingizga to’g’ri keladi)

Web-dasturlashni 2 ta asosiy yo’nalishi mavjud:

  • Front-End
  • Back-End

Front-End – sayt/ilovaning tashqi ko’rinishiga javob beradi. Misol uchun, click.uz saytiga kiradigan bo’lsak, ko’rishimiz mumkin u chiroyli, uni tashqi ko’rinishini dizayner yasagan bo’lsa, front-end dasturchi uni dizaynini brauzerga ko’chirgan.

Front-End dasturchi hozirgi kunda Html/Css/JavaScript/React, VueJs yoki Angular freymvorklarini bilishi lozim. Yana WebPack bilan ishlashni ham bilishi shart. NodeJsni qisman bilishi ham muhimdir.

Back-End dasturchi esa sayt yoki ilovaning ichki ko’rinishiga javob beradi. Algoritm, ma’lumotlar tayanchiga javob beradi. Misol uchun, saytning back-end qismini ko’pchilik hozir Laravel freymvorkida yaratadi.

Back-End dasturchi PHP yoki boshqa dasturlash tilini bilishi va qaysidir freymvork bilan ishlashi zarur. Mysql yoki Mssql bilan ham ishlashi lozim. Yana WebPack va boshqa instrumentlarga tanish bo’lishi shart!

Sayt turlarini bilib oldik, endi asosiy maqsad uni qanday qilib internetga chop etamiz?

Bu oson, hosting va domen sotib olib uni bir biriga ulash kerak xolos.

Hosting va domen

Hosting – bu internetdagi joy, ya’ni saytingizni turar joyi desam ham bo’ladi…

Har bir saytni o’zini serveri bor, lekin ko’pchilik saytlar aynan hosting xizmatlaridan foydalanadi va hosting servislar aynan serverlarni oddiy foydalanuvchilarga taqdim etadi. Uni xohlagan odam sotib olishi va foydalanishi mumkin.

Domen – bu internetdagi manzilingiz. Domen 3 ta darajaga bo’linadi:

  • Birinchi daraja – .com, .uz, .ru, .info va boshqalar
  • Ikkinchi daraja – google.com, get-money.uz, mail.ru va boshqalar
  • Uchinchi daraja – mail.google.com, pm.gov.uz va boshqalar

Birinchi darajali domenga qarab, ikkinchi darajasini Siz pulga sotib olasiz. Uchinchi darajali domenni xohlaganingizcha yaratishingiz mumkin…

Demak, birinchi nima uchun sayt yaratasiz, shuni aniqlab oling. Ikkinchi qadam, sayt yaratish uchun o’zingizga qulay bo’lgan usulni tanlab yarating. Hosting va domen sotib oling, ularni bir-biriga bog’lang va saytingizni hostinga ko’chiring. Saytingiz tayyor!

Albatta so’z bilan oson, amalda esa bu qiyin. Ayniqsa mustaqil sayt yaratishni xohlagan bo’lsangiz.

Hozircha do’stlar shular. Keyingi maqolalarda to’liq har birini ko’rib chiqamiz!

Chala Admin
Yoshim 19da. Front-End dasturchiman (Vueda yozaman). Frilans orqali pul ishliman. Onlayn biznesdagi tajribam 6 yil.
Muallifni reytingi
Fikr qoldirish

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.

  1. Tarix Sharq.

    Assalomu alaykum sayt orqali pul ishlamoqchiman

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Omad!

      Javob berish
  2. Zayniddin Jamoliddinov

    Assalom aleykum sayt yaratib sotish uchun qaysi saytlardan foydalansa bo’ladi shu haqida to’liqroq ma’lumot bersangiz .

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Salom, saytlardan foydalanishingiz shart emas

      Javob berish
  3. bekzodziyodullayev2001@gmail.com

    Assalomu alaykum
    Man Sahih.hadis.uz sayt yaratmoqchiman. Bu saytga eng sahih hadislarni joylab bormoqchiman. Nima qilishim kerak. Sayt ochish boʻyicha bilimim 0%.
    Kim manga qanday yordam bera oladi.

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Sayt yaratishini o’rganishingiz yoki buyurtma berishingiz

      Javob berish
  4. Akbar

    Men o’z htmlmni qanday qilib netga joylahstirsam bo’ladi? Javob uchun rahmat

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Bo’ladi, heroku yoki hosting orqali

      Javob berish
  5. Botirjon

    Assalomu alaykum mani savolim shundan iboratki, Hosting va Domen narxlari qancha buladi va uzi umuman bitta sayt yaratish uchun qancha mablag’ kerak bo’ladi, javob uchun oldindan katta rahmat.

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      1 – UZ domeni 17 ming, hostinglar 1$dan boshlanadi, 2 – mablag’ kerak emas

      Javob berish
  6. Otkurixoshimovoffical

    Faqat eng yaxshisi

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Xd)

      Javob berish
  7. Otkurixoshimovoffical

    Eng eng eng

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Uzur, raxmat

      Javob berish
  8. Ametov

    1.Ajax tizimini qanday ornatsa boladi?
    2. Saytning mibil versiyasini ishlab beradigan prog bormi

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      1 – jquery, 2 – prog emas, cssdan qilgan maqul

      Javob berish
  9. Mhim

    Bu saytda pul ishlash oson tezda shuyerda 10 min kuting

    Javob berish
  10. ayzada

    Avvalam bor Assalomu alaykum barchaga Online pul topishimga yordamingiz kerak

    Javob berish