WebMoney haqida – yaratish, ishlatish va to’ldirish

Onlayn servislar
Ushbu maqolada biz Rossiyaning mashhur to'lov tizimini ko'rib o'tamiz, ularning turi va boshqalar.

Assalomu aleykum, Aziz yurtdoshlar! Sizni saytimizda ko’rib turganimdan juda hursandman, mening ismim — Chala Admin. Bugungi maqolada biz Webmoney yaratish va uni to’ldirish haqida bilib olamiz.

Bilmadim negadir ko’p odamlar YouTubeda pul ishlash va webmoney haqida juda ko’p so’rashadi. Ushbu maqolada aynan webmoney haqida sizga to’liq ma’lumotni taqdim etaman. Biz bugun uni yaratilishi, ishlatilishi va qanday qilib hamyonni to’ldirish mumkinligi haqida bilib olamiz. Agar sizga mavzu qiziq bo’lsa, unda boshladik!

Webmoney haqida kichik malumot

Webmoney 1998-yilda tashkil etilgan bo’lib, hozirgi kunda eng mashhur va eng zo’r to’lov tizimi hisoblanadi. U yerda millionlab odamlar ro’yxatdan o’tishgan va webmoney orqali bir xilgi internet foydalanuvchilari onlayn tarzda daromad olishadi.

Ushbu elektron hamyonda bir-nechta valyutalar mavjud, qachondir so’m (WMY) ham bu ro’yxatda bor edi… 2011-yilda WMY o’z faoliyatini yakunladi va O’zbekistonda WebMoneyni to’ldirish va yechib olish juda qiyin masalaga aylanib qolgan edi. Ammo bir-necha yill avval, u yana qaytdi!

Valyutalar:

WMZ (dollar) — ro’yhatdan o’tib bo’lgandan so’ng uni ochish mumkin
WMR (rubl) — formal attestat olib yaratish kerak
WME (evro) — bir nechta Evropa mamlakatlarida ishlatiladigan valyuta
WMU (grivna) — Ukraina mamlakati milliy valyutasining elektron shakli
WMB (Belarus rubl) — Belarus Respublikasining valyutasining elektron shakli
WMG (oltin)
Bitcoin kriptovalyutasining valyutasi, 1 WMX = 0.001 BTC
O’zbekistondagi ishlatiladigan webmoney uchun elektron shakldagi valyuta

va boshqa valyutalar…

Avval webmoneyda ro’yxatdan o’tganingiz uchun 30 WMZ, referallar jalb qilganingiz uchun 3 WMZ va internet magazin ulaganingiz uchun 100 WMZ bonus sifatida berar edi. Hozir esa odamlar «персональный» va «начальный» attestatni olishga pul berishadi. Ammo «формальный» attestat olish uchun sarmoya qilish shart emas.

WebMoney yaratish bo’yicha texnik masalalar

1. Webmoney.ru saytida ro’yhatdan o’tish uchun siz 18 yoshga to’lishingiz shart.

2. Ro’yhatdan o’tayotganda siz wmzyaratish imkoniga egasiz, wmr yaratish uchun siz «формальный» attestat olishingiz kerak.

3. Ro’yhatdan o’tib bo’lganingizdan so’ng siz «анонимный» attestat olasiz, bu attestat bilan siz faqat to’ldirish imkoniga egasiz, yechib olish uchun «формальный» attestat olish shart.

4. Webmoneyda bitta raqam bilan pochtani ikki marta ishlatish mumkin emas, shu sababdan har bir akkautingizga bitta raqam ajratishingiz kerak.

5. Webmoney yaratish mutlaqo bepul, pullik emas!

Attestatlar haqida

Анонимный — ro’yhatdan o’tib bo’lganingizdan so’ng beriladi va siz faqat hamyoningizni to’ldirish imkoniga ega bo’lasiz, yechib olish uchun «формальный» attestat olishingiz kerak.
Формальный — bepul beriladigan attestat va uni olish uchun siz o’zingizni malumotlaringizni va skan pasportingizni jo’natishingiz lozim. Ushbu attestat sizga webmoney bilan to’liq foydalanish imkonini beradi.
Начальный — pullik attestat, uni olish juda onson ish emas, O’zbekistonda attestatorlar orqali ushbu attestatni olish mumkin. Attestatni olish 10000-20000 so’m atrofida va sizni photoidingiz bo’lishi shart.
Персональный — boshqalarga qaraganda eng zo’ri va deyarli imkoniyati keng. Ko’pincha bu attestatni obmen-servislarning adminlari va forex bozorida pul ishlaydigan odamlar olishadi. Chunki ular ko’tta summada pul savdo qilishadi!

Webmoney olish va sotish usullari

Webmoney sotib olishni usuli juda ko’p:

  • Webmoneyni ozidan – WMY to’ldirish mumkin, uzcard yordamida. 2% ushab qolinadi.
  • CLICK to’lov tizimi orqali. WMZ va WMY to’ldirish mumkin. WMZ va WMY to’ldirish uchun – 5% ushab qolinadi.
  • Payme to’lov tizimi orqali. WMZ – 10%.
  • Oson to’lov tizimi orqali. WMY – 2%, WMZ – 5%.

Sotishni esa usuli biroz chegaralangan:

  • Webmoneyni ozidan – WMY yechish mumkin – 5%.
  • Har xil shaxsiy ayirboshlash tizimlar orqali – har xil kurslari bo’ladi. O’rtacha 0-3%.

Ko’rib turganingizdek hammasi oson!

Chala Admin
Yoshim 19da. Front-End dasturchiman (Vueda yozaman). Frilans orqali pul ishliman. Onlayn biznesdagi tajribam 6 yil.
Muallifni reytingi
( 2 assessment, average 4.5 from 5 )
Pul-topish.com
Fikr qoldirish

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.

  1. xusniddin

    Menda hozir qaysi atestat ekanini qanday bilsam bo’ladi

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      passport.webmoney.ru

      Javob berish
  2. Jamoliddin

    Salom! Men WebMoney hamyon ochmoqchi edim ro’yhatdan to’liq o’ta olmayaman iltimos ro’yhatdan o’tish uchun video joylang

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Bog’lanish bo’limiga o’ting

      Javob berish
  3. Otabek

    Salom admin ! Savolim shuki bu websum qanaqa kurs orqali xisob kitobni amalga oshiradi misol uchun 10 $ 100 mingdan oshvoti qora bozordanam yuqoriku

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Afsuski shunday

      Javob berish
  4. 123

    Web moneyda ruhatdan utdim lekin atestat ololmayapman hamma atestatlarni olish uchun nima kilish kerak

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Har biri har xil talab qilishadi

      Javob berish
  5. ?????

    WebMoney ni ishlatish uchun kartochkasini olishim kerakmi?

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Yo’q

      Javob berish
  6. Azizullo

    visa qiwi dayam shundaymi

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Yo’q

      Javob berish
  7. ?????

    Pasport «skan»ga tushunolmadim bu «skan» nima?

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Passportni elektron nusxasi

      Javob berish
  8. Abdulloh

    Аноним атестатдахам интернет магазин учун тулов киса боладими

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Yo’q

      Javob berish
  9. ?????

    Telegramga qanday qilib fikr qoldirsam bo’ladi, manga shunisi qulayroq edi.

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Bog’lanish bo’limi

      Javob berish
  10. ?????

    Sayt yakunida «Savollar bo’lsa telegramga yozishingiz mumkin.» deb yozilgan. Ammo qanday qilib, yozib bo’lmayabdi. Telegramga yozishning iloji bormi ?

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Bog’lanish bo’limiga o’ting

      Javob berish
  11. Abdulvohid

    web moneyga pul qo’ysam ularxam bank singari % tolashadimi javob uchun oldindan rahmat

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      yoq

      Javob berish
  12. Farrux

    Formalnoy attestat uchun pasport qanday scan qilinadi ?

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Rasmga oling yoki skaner

      Javob berish
  13. Azik

    Qaysi atestatda ekanimni qanday bilsam boladi. Iltimos to’liqroq javob bering

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      passport.webmoney.ru

      Javob berish
  14. Ikrom

    salom Webmoneydagi Y-35302146… orqali jo’natuvchini kimligini bilsa bo’ladimi

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Salom, kambinatsiyalar soni juda ko’p bu bir, ikkinchidan agar u odam sozlamalarda ko’rsatish funksiyasini yoqmagan bo’lsa

      Javob berish
  15. Джалилов Нозим.

    Мен хозир Россиядаман вебмоней ва пайер хамён очсам очган хамёнларим Узбекистонда ишлайдими?. Жавоб учун олдиндан рахмат.

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Ha, ishlaydi

      Javob berish
  16. Sardor Raimqulov

    Assalomu alekum,man formalniy attestat olaolmayapman,passport seriya I nomerni qanaqadur xatolik devatti,yordam bering!

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Biz bilan bog’laning

      Javob berish
  17. iskandar

    qaysi attestat olib saytlarga tulov qilsa buladi iltimos chuntrvorilar

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      formal

      Javob berish
  18. Mardonbek

    Man Web Moneyni ocholmayapman.Aniqrog’i tushunmadim.Qanaqa qilib ochsam boladi.Tushuntirvorsez yaxshi bolardi.Oldindan raxmat

    Javob berish
  19. Dilshod

    Hali bilmiman

    Javob berish
  20. Dilshod

    Endi ochyapman hali

    Javob berish
  21. Gullola

    Web moneyga igradan qanday pul tuwuriw mumkin

    Javob berish