Qanday qilib o’zimizni avtoda Yandex Taxiga to’g’ridan-to’g’ri ulanish mumkin?

Onlayn servislar
Ushbu maqolada biz shaxsiy avto orqali mobil ilova yordamida pul ishlash haqida aytib beramiz.

Hammaga Salom! Bu maqolada, qanday qilib Yandex Taxi orqali pul ishlash haqida bilib olamiz.

Yandex Taxi — bu servis haqida juda ko’p gap bo’lgan, O’zbekistonga esa yaqindagina kirib keldi. Deyarli hamma yo’lovchilar servisdan minnatdor, haydovchilar esa 2 ga bo’linib olishgan (ulanganlar va ulanmaganlar). Ulanganlar ro’yxatdan o’tishgan, shartnoma tuzishgan va ishlashni boshlashgan. Bu maqolada biz, qanday qilib vositachilarsiz Yandex Taxiga ulanish mumkinligini va uning uchun nima qilish kerakligini bilib olamiz.

Shaxsiy avto yordamida yandex taxida ishlash

Yandex Taxi O’zbekiston bozoriga 2018-yili kirib keldi. O’zbekistonda MyTaxi, GoTaxi va boshqa servislar bor edi, ularning safiga Yandex Taxi ham qo’shildi. Bozor juda tez o’zgara boshladi, yo’lovchilar ko’chada taksi to’xtatishni sekin-sekin kamaytirishmoqda, Yandex Taxi 2018-yili AppStore va Google Play servislarida birinchi o’ringa chiqib oldi (O’zbekiston bo’yicha).

Yandex Taxi – MDX davlatlarida juda mashhur taksi-servisi. G’arbda esa Uber mobil ilovasi mashhur.

Siz Yandex Taxida offitsial partner sifatida ishlashingiz mumkin. Shaxsiy avtoda yoki arendaga olingan avtoda ishlash mumkin – hal qilish o’zingizga.

Yandex Taxida partner sifatida ishlashni afzalliklari

Partner sifatida Yandex Taxida ishlashni yaxshi tomonlari mavjud:

  • Siz masofadan turib ulanishingiz mumkin bo’ladi, 5-6 daqiqada
  • Siz rasmiy ravishda ulanasiz, ya’ni Siz uchun sug’urta va soliqlar to’lanadi
  • Har qanday vaqtda daromad rasmiy tasdiqlash qog’ozi
  • Maxsus texnik yordam liniyasi
  • Pul har kuni hisob raqamiga o’tkaziladi.

Umuman olganda, Yandex Taxi bitta oddiy sabab bilan qulay: agar Siz pul ishlashni istasangiz, Sizda shunday imkoniyat aniq bo’ladi. Siz ko’cha taksi haydovchilarining odatiy holatiga duch kelmaysiz (buyurtma, to’grirog’i mijoz yo’qligi). Taksistlarda, ishga chiqsammikan yoki dam olsammikan degan vaqtlar bo’ldi, Lekin, Yandex Taxida albatta mijozlaringiz bo’ladi!

Qanday qilib Yandex Taxi ga to’g’ridan-to’g’ri ulanish mumkin?

Endi asosiy masalaga o’tamiz — qayerda Yandex Taxiga to’g’ridan-to’g’ri ulanish mumkin. Agar hozir «Yandex Taxiga ulanish» deb, google saytiga yozadigan bo’lsak, har xil avtoparklar o’z xizmatini taqdim etishadi. Ularning qismani: «To’g’ridan-to’g’ri ulanish» deb yozishi va aytishi mumkin, lekin, bu unday emas! Ular haydovchilarni jalb qilib, pul topishadi.

To’g’ridan-to’g’ri Yandex Taxiga ulanish uchun, ushbu saytga o’tish lozim: https://taxi.yandex.ru/driver-partner/el/

Do’stlar, Yandex Taxiga to’g’ridan-to’g’ri ulanish uchun Sizga tadbirkorlik va yo’lovchilarni tashish bo’yicha litsenziya kerak bo’ladi!

Bu, bitta bo’lgan rasmiy sayt. Kiring, arizani to’ldiring, qo’llanma bilan tanishib chiqing va kichik testdan o’tganingizdan so’ng hammasi muvaffaqiyatli o’tishi kerak!

Yandex taksini hamkorlariga ham ulanish mumkin, to’g’ri. Lekin bitta muammo bor. Siz Yandex bilan esa, taksopark bilan shartnoma tuzasiz. U usa, Sizdan o’zini kommissiyasini olib qoladi (adashmasam, 13%).

Yandexda rasmiy tarzda hamkor sifatida ishlash — bu Rossiyani eng yirik kompaniyalardan biri bilan ishlash imkoniyatini beradi. O’zini sohasida mashhur bo’lmagan bo’lsa ham, juda yaxshi ilova. Yomon bo’lmagan daromad, mijozlarni qidirmaslik va oddiy avto (va smartfon) bilan ishni boshlash! Tezroq ulaning, vaqtingiz bo’lsa hamkor sifatida, bo’lmasa hamkorlar yordamida qiling.

Chala Admin
Yoshim 19da. Front-End dasturchiman (Vueda yozaman). Frilans orqali pul ishliman. Onlayn biznesdagi tajribam 6 yil.
Muallifni reytingi
Fikr qoldirish

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.

  1. Javohir

    Salom shamrok temasini tilini qanday ozgartirsam boladi

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Loco translate orqali

      Javob berish
  2. Otabek

    Joylolmadim vediolarni

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Qayerga?

      Javob berish
  3. Фозил

    Мани такси парким бор Яндекс такси Билан кандай хамкорлик килсам булади бу сохрани тушунганлар ёрдам беринглар +998*********

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Uzur, bu bo’yicha mutaxassis emasmiz

      Javob berish
  4. Umidjon

    Sizlarda arendaga moshina ham bormi

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Yoq

      Javob berish
  5. Doston

    Toshkent

    Javob berish