Assalomu Aleykum, Aziz internet foydalanuvchilari! Sizni saytimizda saytida ko’rib turganimdan juda hursandman, mening ismim – Chala Admin. Bugun biz elektron pochta yaratamiz.
Juda ko’plab odamlar internetda pul ishlashni istashadi, ammo onlayn tarzda daromad olish uchun birinchi qadam bu (E-mail) yaratib olish demakdir. Har bir saytda ro’yxatdan o’tayotganda Sizdan pochta so’rashadi. Bundan ko’rinib turibdiki, biz buni uddasidan chiqishimiz kerak.
Agar bu mavzu Sizga juda qiziq bo’ladigan bo’lsa, unda o’zingizga qahva damlab, maqolani o’qishni boshlang!
Ushbu maqola internetda pul ishlashni boshlash istagida yurgan odamlarga juda foydali bo’ladi.
Elektron pochta haqida tushuncha
Elektron pochta (ingliz tilida E-mail, ya’ni “electronic mail”) – xat jo’natish bo’yicha texnologiya va shu bilan birga xizmat hisoblanadi. Pochta orqali juda ko’p foydali ishlar qilishimiz mumkin. Misol uchun, xatlarni yoki kerakli bo’lgan ma’lumotlarni o’qishimiz hamda shu singari kerakli bo’lgan fayllarni jo’natish uchun foydalaniladi.
Bugungi kunda internetni deyarli hamma foydalanuvchilarida elektron pochta mavjud va bunga ko’ra elektron pochtaning shakli quyidagicha:
isim@xizmatchi.domen
Isim – ushbu bo’limga Siz xohlagan isimni yoki so’zni kiritshingiz mumkin. Masalan : laqabingiz, yaxshi ko’rgan qizingizni/yigitingizni ismi bilan o’zingizni ismingiz yoki ismingiz bilan tug’ilgan yilingiz.
@ – elektron pochtaning belgisi.
Xizmatchi – elektron pochta servisini taqdim etadigan xizmatchi. Masalan: Mail, Gmail, Яндекс Почта va boshqalar.
Domen – elektron pochta servisini taqdim etuvchi xizmatchining domeni (manzili).
Sizning pochtangiz ham shunga o’xshagan bo’ladi!
Elektron pochta yaratish uchun yozma qo’llanma!
Demak, pochta haqida to’liq bilib oldik va endi uni yaratishga o’tamiz. Men o’zim Gmail va Mail ishlatib kelmoqdaman, ammo Sizga men Gmail ishlatishni tavsiya qilaman, sababi sir emas ko’pchilik O’zbekistonliklarda Android tizimi smartfonlarga o’rnatilgan. Shuning uchun Gmail yaratib, Siz o’zingizga akkaunt ochgan bo’lasiz.
Birinchi qadam. Gmail.com saytiga o’tib «Создать аккаунт» degan tugmaga bosamiz. Bosganimizda «Для себя» tugmasini tanlaymiz.

Ikkinchi qadam. Ismingiz bilan familiyangizni kiriting va pochtangizga nom kiriting:

Uchinchi qadam. Yangi parol o’ylab, uni yana bir bor kiriting va “Далее” tugmasini bosganingizdan so’ng telefon raqamingizni kiriting:

To’rtinchi qadam. Tug’ilgan kuningizni va jinsingizni tanlang va “Далее” tugmasini bosing.
Beshinchi qadam. Chiqib kelgan oynachani pastga tushirib “Принимаю” degan tugmaga bosamiz:

Oltinchi qadam. Pochta yaratildi, endi ishlatishni boshlashingiz mumkin!
@mailni ochtim lekin xabar qaydan keladi
Kimdir sizga yozsa, Входящие bo’limidan keladi
савол бор эди, парол унитиб қўйилса яни эсдан чиқиб қолса қандай тиклаш мумкин
Забыл пароль linkiga bosib step by step qilasiz
Tushundim iloji bo’lsa mikrasof xisob qaydnomasini qanday ochadi o’rgatib yuboring
Hop, albatta bu bo’yicha kelajakda maqola yozib o’tamiz
Salom. Ma’lumotlar u/n katta rahmat. Oldin ochilgan pochtani qanday o’chirib tashlash mumkin?
Shaxsiy account bo’lmida
Adminga KATTA RAHMAT!!! ishlaringizga omad!!!
Siz ham
Yordam uchun rahmat
Email (Gmail) ni Play Market orqali ham ochish mumkin.
Ha, to’g’ri
Siz ham
elektron pochtadan foydalanilmasa tahminan qancha muddatda ozi avtomatik ochadi
Gmailda o’chmasa kerak
manda google akkount bor shunga elektron pochtani bog’lasa boladiimi
Google account – bu ham elektron pochta
zapasniy el.pochtaga nima kiritish kerak
salom bu ochgan gmaildan nayti qilib boshqa odamlarni topsa buladimi
Yoq
Shunchaki rahmat tusunarli yozilgan…
Siz ham
Man bir nechta marotaba email ochganman lekin hhar doim registratsiya ga shu emailni yozganimda kod yoki email xato deb chiqadi.
Emailni yaxshi kiriting. Kod kiritish kerak emasku
ASSALOMU ALAYKUM RAHMAT SIZ O’RGATGANINGIZDEK QILIB ELEKTRON POCHTA OCHDIM
Sizga ham raxmat
Men elektron pochta yaratdim lekin brorta joyda registratsiya qilaman desam notugri deyapti lekin hammasini tugri qilganman
Nega bunday bulayapti
Biz bilan bog’laning, bunday bo’lishi kerak emas. Nimadir hato ketgani aniq
Tel nomirdagi emailni qanaqa topsak buladi oka
Loginga telefon kiritib ko’ring
Salom men elektron pochtamni yangilashga toģri kelyapti uni qanday qilib yangilashim mumkun.
Yangi ochishingiz lozim
salom
bilmadim urinb korchi
Gmail account ochganman manga kod yuborilgan. Qayerga kelib tushadi bu kod
Telefongami?
Ota ona roziligini sorayaptiku uni qanday bajaramiz
Yoshingiz kichik bo’lsa kerak, shuning uchun.
Raxmat
Sizga ham
Rahmat
Sizga ham
Sizga kattakon raxmat
Raxmat
ха
Zur bulsin
mail ru da akkount ochdim lekin telimga kirib emailga uni kiritnoqchi bolganimdagi yozuvlarga tuwunmayapman iltimos yordam bervorila. bu yerdan yozganim esimdan chiqib ketiwi mumkin, iltimos tgdan @Feruza_Bekchanova ga yozvorila yordam kerak edi tezroq iltimos
salom
salom
frilans orqali qanday pul topasiz
sayt zor