CLICK: tizim haqida, imkoniyatlari va evolutsiya

CLICK Evolution Onlayn servislar
Ushbu maqolada bozorni deyarli qamrab olgan to'lov tizimi haqida bilib olamiz.

Hammaga Salom! Anchadan beri maqola chop etilmaganidan uzur so’rayman. Hozirgi kunda ko’pchilikda UzCard kartalari mavjud va u yordamida hech qayerga chiqmasdan, pul o’tkazishimiz va to’lovlarni amalga oshirishimiz mumkin. Bugungi maqolada biz O’zbekistonni deyarli to’liq qamrab olgan to’lov tizimi haqida gaplashamiz! Yana CLICK Evolution yordamida UzCard kartasiz ham to’lovlarni amalga oshirish haqida bilib olamiz.

CLICK haqida

To’lov tizimi 2011-yilda tashkil topgan bo’lib hozirgi kunda o’zbek bozorini 75%ni egallagan. CLICK tizimi yordamida to’lovlarni amalga oshirish, pul o’tkazish va boshqa qulay imkoniyatlardan foydalanishimiz mumkin.

CLICK — dekabr oyida o’zining yangi mobil ilovasini va saytini taqdim etdi, dark variantda. Juda soz va qulay deb o’ylayman, g’arbda bunday ilovalar juda mashhur hisoblanadi.

CLICK tizimiga ulanish

Albatta birinchi qadam bilan Uzcard ochish kerak bo’ladi, agar Sizda Uzcard bor bo’lsa, keyingi qadamga o’tishingiz mumkin. Uzcard ochish uchun o’zingizga yaqin bo’lgan bankga borib, Uzcard ochishga ariza topshirasiz va bir necha kunda keyin kartangiz tayyor bo’ladi.

Keyingi qadam bilan SMS-xabarnomani ulashingiz lozim.

SMS-xabarnomani ulash

Ulanish juda oson, Sizga eng yaqin bo’lgan bankomatga borsangiz kifoya!

Kartangizni bankomatga kiritasiz va rus tilini tanlaysiz.

Rus tilini tanlaganim sababi, bankomatlar har xil va o’zbek tili umuman boshqacha bo’lishi mumkin. Universal bo’lsin degan maqsadda rus tilida qilishga qaror qildim.

Rus tilini tanlaganingizdan keyin kartangizni PIN-kodini kiritasiz:

Bosh menyuda “Услуга смс-информирования” tanlaysiz:

Undan keyin ushbu xizmatni qo’shish uchun “Подключить услугу” tugmasini bosing:

Telefon raqamingizni kiritib “Далее” tugmasini bosing:

Agar hamma bosqichlarni to’g’ri bajargan bo’lsangiz, shu haqida xabar olasiz.

CLICK — bir necha usul bilan foydalanish

Sir emas, CLICK to’lov tizimi bir necha usul bilan foydalanish imkonini beradi. Keling, ularni barchasini birma-bir ko’rib o’tamiz.

USSD

2011-yilda CLICK to’lov tizimi start olgan va birinchi bo’lib aynan USSD so’rovi asosida ishlagan.

*880# orqali Siz u bilan foydalanishingiz mumkin

Ulanish: *880*karta raqami*karta muddati#

Kartadan kartaga pul o’tqazish: *880*karta raqami*summa#

CLICK Evolution

CLICK to’lov tizimining yangi chop etilgan mobil ilovasi — Dark variantida taqdim etilgan. Juda qulay va tez ishlaydi.

Ilovani yuklab olish

Telegram-bot

O’zbekistondagi eng mashhur messendjer yordamida ham Siz to’lovlarni amalga oshirishingiz mumkin. Chat yordamida ham pul o’tkazish va har xil xizmatlar CLICK tomonidan taqdim etiladi.

Bot manzili: @clickuz

Web-application

Agar Siz ko’pincha kompyuter yoki noutbukda o’tiradigan bo’lsangiz, shaxsiy kabinetga kirib CLICKning barcha funksiyalaridan my.click.uz orqali foydalanishingiz mumkin.

Qanday qilib plastik kartasiz CLICK tizimidan foydalanish mumkin?

Juda oson, CLICK Evolution mobil ilovasida CLICK hamyon xizmati mavjud. Siz virtual UzCard yaratishingiz mumkin.

Yana bir narsani aytish lozim, kelajakda CLICK hamyon —internet biznesda yaxshi o’ringa ega bo’lishi mumkin va UzCardsiz ham to’lovlarni amalga oshirish imkoniyatlari kengayadi degan umiddamiz.

Hozircha, internetda pul ishlash va hamyonni to’ldirish uchun Webmoneydan foydalanishingiz mumkin. Uni yaratish va ishlatish haqida bu maqolada o’qing.

CLICKning offitsial sayti: https://click.uz/uz

CLICK bilan foydalansizmi?
Ha, foydalanaman
76.92%
Yo'q, foydalanmayman
23.08%
Voted: 39
Chala Admin
Yoshim 19da. Front-End dasturchiman (Vueda yozaman). Frilans orqali pul ishliman. Onlayn biznesdagi tajribam 6 yil.
Muallifni reytingi
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Pul-topish.com
Fikr qoldirish

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.