Sarmoyasiz internetda pul ishlash uchun TOP 10 saytlar ro’yxati

Internetda pul ishlash
Ushbu maqolada biz sarmoya qilmasdan pul ishlasa bo'ladigan eng mashhur 10ta saytni ko'rib o'tamiz.

Assalomu aleykum, aziz yurtdoshlar! Sizni saytimizda ko’rib turganimdan juda hursandman. Mening ismim — Asadbek Ibragimov. Bu maqolada sarmoyasiz pul ishlash uchun 10ta saytni ko’rib o’tamiz.

Internetda sarmoyasiz pul ishlash — bu ayni paytda minglab odamlarning ish joyi va ularning oyma-oy yaxshi daromad oladigan maydoni hisoblanadi. Onlayn pul topish yo’llari juda ko’p, foyda olishni boshlash uchun sizdan ishtiyoq va biroz vaqt kerak bo’ladi.

Biz bu maqolada boshlanuvchilarga internetda pul ishlash uchun 10 ta eng mashhur saytlarni taqdim etamiz. Ushbu saytlarda pul topish uchun sizdan sarmoya ham shart emas, ularda ishlash juda oson va qiziqarli.

Bu maqola yordamida ushbu savollarga javob topasiz :
  • Sarmoyasiz internetda daromad olsa bo’ladimi ?
  • Internetda pul ishlash uchun qanday yo’llari mavjud ?
  • Boshlanuvchi bo’lib turib qanday qilib internetda pul ishlash mumkin ?
  • Daromad topish uchun qanday saytlar bor va ular yordamida qancha ishlash mumkin ?

Internetda pul ishlash – bu ertakmi?

Albatta bu ertak emas, buning hammasi rost, sababi internet – bu faqatgina “vositachi” ro’lini o’ynaydi, hozir internet yordamida qayerda bo’lmasin, bir-birimiz bilan o’yin o’ynashimiz va gaplashishimiz mumkin. Eng muhimi onlayn to’lov tizimlari yordamida biz bir-birimizga pullar ham jo’natishimiz mumkin. O’ylab ko’ring, agar pul o’tkazmalar bo’lsa, demak internetda pullar aylanadi. Internetda foydalanuvchilar xizmat va mahsulotlar uchun pul to’lashadi.

Internetda pul ishlash yo’llari esa juda ko’p. Albatta firibgarlar ham uchraydi, shuning uchun ehtiyot bo’ling!

Boshlanuvchi qachon va qancha daromad olishi mumkin?

Bu savolga javobni o’zingidan so’rang, sababi hammasi o’zingizga bog’liq. Ko’pincha buning hammasi bilimga, vaqtga va ishtiyoqqa bog’liq.

Internetda pul topadigan odamlarni — «money maker» deb atashadi va ularning hammasini daromadi bir xil emas. Kimdir oyiga 100$ topadi, kimdir esa 1 million…

Daromad olish yo’llari…

Bilasizmi, ko’p odamlar hammasi pul ishlash yo’lini tanlashga bog’liq deyishadi, lekin men ularga qo’shilmagan bo’lar edim. Deyarli barcha pul topish yo’llari orqali daromad olish mumkin, faqat daromadning darajasi bor. Kimda daraja ko’proq bo’lsa, shu shuncha foyda ko’radi.

Daromad olish yo’liga uncha ko’p narsa bog’liq bo’lmasa-da, internetda real tarzda yaxshi pul topish yo’llari ro’yxatini taqdim etaman:

  • Frilans;
  • Masofaviy ish;
  • Bloging;
  • Hamkorlik dasturlari;
  • TikTok;
  • Striming;
  • O’yin o’ynash;
  • va boshqalar…

Bu ro’yxatda hozirgi kundagi pul topish yo’llari taqdim etilgan. Bu ro’yxat kundan-kunga ko’payib bormoqda, sababi odatiy biznes sekin-sekin onlayn formatga o’tmoqda.

Sarmoyasiz pul ishlash uchun TOP 10ta sayt

10. Udemy

Udemy — bu onlayn kurslar portali. Bu saytga odamlar ta’lim olish uchun kirishadi. Kimdir soha o’rganishga, kimdir esa o’zini bilimlarini yanada ko’proq kuchaytirishga.

Ushbu sayt orqali 3ta usul bilan daromad olish mumkin:

  • Bilim olish va keyin ishlash – birinchi kerakli bilim olasiz va internetda o’zingizga ish qidirasiz;
  • O’qitish – agar o’qitish qobilyatingiz va o’qitish uchun bilimingiz bo’lsa, bemalol o’qituvchi sifatida ishlashingiz mumkin;
  • Hamkorlik dasturi – bor kurslarni internetda arbitraj orqali sotish.

Daromad: oyiga 100$dan 10000$gacha

Saytga o’tish uchun URL: udemy.com

9. Themeforest

Themeforest — bu WordPress uchun maketlar/shablonlar, har xil skriptlar bozori. Siz bu yerda o’zingizni mahsulotlaringizni sotishingiz mumkin, agar mahsulotingiz bo’lmasa, birovnikini sotib yaxshi daromadga ega bo’lishingiz mumkin.

Daromad: oyiga 100$dan 1 million $gacha

Saytga o’tish uchun URL: themeforest.com

8. Shutterstock

Bu sayt stok rasmlar bozori. Smm, web, social engeneryda ko’pincha ishlatiladigan rasmlar bo’ladi va ishlatishni istaganlar rasmlarni sotib olishadi. Siz esa shaxsiy stock rasmlarni sotib daromad olishingiz mumkin.

Daromad: oyiga 100$dan 10000$gacha

Saytga o’tish uchun URL: shutterstock.com

7. Kwork

Busaytda pul topish yuqoridagilarga qaraganda ancha oson. Boshlash uchun faqat onlayn xizmat ko’rsata olishingiz lozim. Misol uchun:

  • Sayt yaratish;
  • Telegram bot yaratish;
  • SMM;
  • Web-dizayn;
  • Grafik-dizayn;
  • va boshqalar…

Daromadingizni to’liq hammasi bu sizning ko’rsata oladigan xizmatingizga bog’liq. Agar tajribali va bilimli mutaxassis bo’lsangiz, unda bemalol yaxshi daromadga davogar hisoblanasiz.

Daromad: oyiga 50$dan 2000$gacha

Saytga o’tish uchun URL: kwork.ru

6. DonateAlerts

DonateAlerts yordamida siz donatlar olish imkoniga ega bo’lasiz. Donat — bu ixtiyoriy tarzda nimadir uchun to’lov qilish. Siz twitch yoki youtubeda kanal yaratib jonli efir orqali strim qilishingiz mumkin va obunachilaringiz shuning evaziga donat qilishadi.

Daromad: oyiga 100$dan 3000$gacha

Saytga o’tish uchun URL: donatealerts.com

5. Yoola

Youtubeda kanal yaratib, uni yaxshi yuritib, obunachilar yig’ib va reklama hamkorlik dasturiga ulanib daromad olishingiz mumkin. Ushbu sayt sizga umumiy daromaddan 80% to’laydi, 20%ini o’ziga oladi.

Hozirgi kunda youtubedagi bloggerlar yaxshi foyda qilishadi, shuningdek, ularni safiga qo’shilish imkoniga hammamiz egamiz.

Daromad: oyiga 100$dan 4000$gacha

Saytga o’tish uchun URL: yoola.com

4. Headhunter

Headhunter — Siz internetda kasb o’rganib ish topishingiz mumkin. Ko’chadagi tizimga juda o’xshash masala. Ish o’rganasiz va ish topasiz keyin esa ishlaysiz. Buning uchun esa aynan headhunter sayti sizga to’g’ri keladi.

Daromad: oyiga 100$dan 2000$gacha

Saytga o’tish uchun URL: hh.uz

3. AdmitAd

Bu yerda ishlash tizimi juda oddiy. Har xil reklama beruvchilar o’zini mahsulotini sotishga joylaydi, sotib beruvchilar ham bo’ladi. Ular uni sotib berishadi va buni evaziga daromad olishadi. Bu yerda hamma yutadi, sota olmayotgan odamlar sotuvlar qiladi, sotib beruvchilar foyda oladi.

Daromad: oyiga 100$dan 30000$gacha

Saytga o’tish uchun URL: admitad.com

2. OLX

Bu sayt haqida hamma bilsa kerak, deyarli uznetda birinchi o’rinni egallab turadi. Siz bu yerda o’zingizni eski narsalaringizni sotishingiz mumkin. Ammo bu hammasi emas, siz ushbu platforma yordamida narsalar olib sotishingiz ham mumkin.

Daromad: oyiga 100$dan 1000$gacha

Saytga o’tish uchun URL: olx.uz

1. UpWork

Bu frilans birja hisoblanadi va kworkdan ajralib turuvchi mohiyati shundaki, kwork faqat MDX davlatlarida jadal ishlatiladi, upwork esa butun dunyo bo’yicha. Bu yerda narxlar ancha yuqori, qaysidir frilanserlar soatiga 50$dan ham ko’proq ishlashadi. Ushbu saytda faqat professional frilanserlar yaxshi daromad olishga muvaffaq bo’ladi.

Daromad: oyiga 100$dan 10000$gacha

Saytga o’tish uchun URL: upwork.com

Chala Admin
Yoshim 19da. Front-End dasturchiman (Vueda yozaman). Frilans orqali pul ishliman. Onlayn biznesdagi tajribam 6 yil.
Muallifni reytingi
Fikr qoldirish

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.

  1. Doniyor

    ADMIN File-Seven saytida fayl yuklash kerak ekan aynan qanday fayllarni yuklash kerak yoki zarur shu masalada yordam berng iloji bolsa. Javob xabarini elektron po’chtamda kutaman. oldindan raxmat.

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Afsuski, u ishlamayapti

      Javob berish
  2. Bahodir

    Salom Admin siz bn qanfay bog’lansam buladi, iloji bulsa telfon orqali, iltimos yuq demang sizga gaplarim bor savollar

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Ok, bog’lanish bo’limiga o’ting

      Javob berish
  3. DonIyorshox

    Salom admin. V-Like da sarmoyasiz pul topib bo’lmaydiku? Nega uni bu mavzuga qo’shdingiz?

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Qanaqasiga?

      Javob berish
  4. islombek

    Admin pulni qanday olsa boladi

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Oddiy)

      Javob berish
  5. alijon

    Admin kolxoz.net Dan pul chiqarsa buladimi men chiqaror mayapman yordam kerak

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      adashmasam to’lamidi

      Javob berish
  6. Azizbek

    salom admin file-7 da faylil yukladim silkasini tarqatdim odamla kocirvotganda hatolik boldi diwvoti undan kegin fayili kociriwgan taqdirdaham pul tolamayapti nima qiliwim kere iloji bosa aniqro tuwunca bersez

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Afsuski, u ishlamayapti

      Javob berish
  7. Otabek

    File7 ga ozimiz fayl yuklap ozimiz ham yuklap olsak ham pul tolarmikin.

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Afsuski, u ishlamayapti

      Javob berish
  8. jakhongir

    catcutda ssilkani odamla koryaptiyu nimagadir pul to’lamayaptiyu

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      ha, bo’liwi mumkin

      Javob berish
  9. assdbek

    Google adsens yandex drekt xaqida maqola yozsangiz zur bulardida

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      haaa

      Javob berish
  10. Javohir

    FILE-7 da yuklagan narsamizni skchat qilishsa keyin pul to’laydimi yoki sillka orqali o’tishsami?

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Afsuski, u ishlamayapti

      Javob berish
  11. Sardor

    3 -o’rindagi sayt haqida ko’proq malumot bering iltimos

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      ok

      Javob berish
  12. oscar

    eng yaxwisi qaysi bulardan

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      hammasi)

      Javob berish
  13. Megapro

    v-like dan pul iwlawwi etvorin iltimos

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      oddiy ishlash u yerda)

      Javob berish
  14. Shahriyor Ataboyev

    Assalom aleykum oka. Mani savolim shuki, ijtimoiy tarmoqlada pul topadigan saytlani ingliz tilida ishlaydigani bormi yo yòqmi shuni bilmoqchiman. Agar bòlsa iltimos shu haqdayam ma’lumot bering. Sababi, man inglozchani yaxshi bilaman. Iloji bòsa topib bering, iltimos.

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      1 – ha, 2 – hop

      Javob berish
  15. Murodjon

    Salom admin file-7 ni saytni to`liq nomini beroliszmi

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Afsuski, u ishlamayapti

      Javob berish
  16. Gulom

    Katcut da qanday pul ishlanadi yordam berib yuboring

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Link generation qilas keyin tarqatas, trafikiz bo’lsa pul ishlash mumkin

      Javob berish
  17. Murod

    Salom admin saytda file 7 saytining linkini qoldirmabsiz shuni jònatishni iloji yoqmi

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Afsuski, u ishlamayapti

      Javob berish
  18. Bekzod

    Umuman olganda shunchaki pul ishlab bo’lmaydi. Pul ishlash uchun amaliy xarakat va shu bilan birha aqlni ishlatish kerak. Osongina pul ishlash hech qayerda yo’q. Oddiygina falsafa: “hamma pullarni yig’ib dunyodagi hammaga teng taqsimlansa, pullar ma’lum vaqtdan keyin yana avvalgi cho’ntaklarga qaytib boradi”. Shuning uchun aqlni ko’proq ishlatishni maslahat bergan bo’lardim.

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Ha, to’g’ri deyarli. Lekin bu degani, harakat qigan bilan foyda yo’q degani emas

      Javob berish
  19. Lord Target

    Salomatmisizlar?! Hop, internetda pul ishlab oldim deylik, uni qayerdan qanday qilib olaman, bankka borib menga pulimni beringlar deymanmi, yo kompni diskovodini ochsam ichidan pul chiqadimi? Yuqorida zur gaplar bulibdiyu eng qiziq joyi kelganda chala qolipti

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Salom, 1 – elektron hamyonga tushadi uni qayerga hohlasangiz, shu yerga, 2 – diskovoddan chiqmidi)

      Javob berish
  20. kalxoz net

    aaka yaxshimisiz men ismim baxtiyor siz kolxoz net uyinini uynayapsizmi men ham shuni shunmayapman pulni chiqarolmayapman

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      loxotron adashmasam

      Javob berish
  21. Adham

    Oka tuzumisz. Platniy oprosda tolov tizimlariga webmoney db qoyipsz man royxatdan o’tib tolov tizimini korsam faqat PayPal db qoyiptiku. Paypalni uzbda ocib bomaydiku oka. Nma qilay endi

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Salom, boshqa usuli borku adashmasam

      Javob berish
  22. tojiboy

    salom pul topish kerak

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      ha

      Javob berish
  23. Uzbek

    Bular yolg’on

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Yo’ge?

      Javob berish
  24. Amirxon

    Assalomu aleykum sizga juda kottakon raxmat)

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      👍👍👍

      Javob berish
  25. HACKERJOKER77

    Mangayam urgatvorasilami qanne pul ishlashni birorta kucliro biladigan bormi

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Ha, men)

      Javob berish
  26. omad omad

    Bu saytlardan qaysilari ishlaydi hozir

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Hammasi

      Javob berish
  27. Bekzod

    Darkwebda bormisiz?

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Ha)

      Javob berish
  28. Hasan

    Men xam pul ishlamoqchman qandaqa yo‘lari bor admig

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Tepada ko’rsatilgan

      Javob berish
  29. Farrux

    Salom admin aka. Shu 10 ta saytda kompyuterda ishlash kerakmi yoki mobil telefon orqali ham ishlasa bo’ladimi?

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Salom, qismanida bo’ladi. Sinab ko’ring

      Javob berish