Kapchalar kiritib pul ishlash

Kapchalar kiritib pul ishlash Internetda pul ishlash
Ushbu maqolada biz kapchalar kiritib pul ishlash haqida to'liq bilib olamiz va pul ishlash uchun saytlarning ro’yxatini ham taqdim etaman. Yana sizga kerak bo’ladigan sirlar bilan ham bo'lishaman.

Assalomu aleykum, Aziz yurtdoshlar! Sizni saytimizda ko’rib turganimdan juda hursandman, mening ismim — Chala Admin. Biz ushbu maqolada kapchalarda pul ishlash haqida o’rganamiz.

Internetda pul ishlash juda qiyin, ammo oson pul ishlash yo’llari ham yo’q emas. Shu bilan birga ularning turlari juda ko’p. Bu maqolada kapchalar kiritib pul ishlash haqida bilib olamiz. Ushbu pul ishlash yo’li bilan oson va qiynalmasdan pul topsa bo’ladi.

Bu yerda pul ishlash uchun Siz kapchalarni (son va harflarni) kiritasiz va Sizdan boshqa hech nima talab qilinmaydi.

Kapchalarni kiritib pul ishlash haqida tushuncha

Bu yerda daromad olish siz o’ylaganingizdan ham oson, Sizga faqat klaviatura kerak bo’ladi, biroq daromadning hammasi o’zingizga bog’liq.

Kuniga bemalol 15-45 rubl ishlash mumkin. Agar Sizda shu kabi daromad olish o’xshamasa, Sizda xatolik ketgan bo’ladi. Misol uchun, Siz klaviaturada sekin yozasiz yoki juda ko’p xato qilaverasiz. Shuning uchun, boshida Word dasturida 5-10 ta konspektlarni va maqolalarni yozib ko’ring. Undan so’ng ishlashni boshlasangiz bo’ladi.

Kapchalarni kiritib pul ishlash uchun saytlar

Kapchlarda pul ishlash orqali daromad olishga saytlar juda kam va shu sababli men faqat 3ta eng zo’r saytlarni aytib o’taman :

Birinchi sayt. RuCaptcha

RuCaptcha qaysiki juda mashhur va eng zo’r sayt hisoblanadi, shu bois hammaga aynan bu yerda pul ishlashni tavsiya qilaman. Bu yerda Telegramni bog’lab ham pul ishlash mumkin va agar kechki paytlarda ishlasangiz, unda daromadingiz ancha ko’p bo’ladi.

Minimalka : 15 rubl

To’lov tizimlari : WebMoney, Payeer, Qiwi va Perfect Money

Ro’yhatdan o’tish

Ikkinchi sayt. 2Captcha

Birinchi saytning analogi, yaxshi tarafi birinchi saytdagi akkauntingizni bu yerga ham ishlatishingiz mumkin. Ammo bu yerda rublda emas, dollarda to’lashadi va hozirgi kunda birinchi saytga qaraganda ancha ko’proq to’lab kelishmoqda.

Minimalka : 1$

To’lov tizimlari : WebMoney va Perfect Money

Ro’yhatdan o’tish

Uchinchi sayt. Kolotibablo

Eng eski va daromadli saytlardan biri hisoblanadi, bu yerda ham yaxshi daromad olish mumkin. Deyarli hamma sharoitlar mavjud, Sizdan faqat xato qilmasdan ishlash so’raladi.

Minimalka : 1$

To’lov tizimlari : Qiwi

Ro’yhatdan o’tish

Kapchalarda pul ishlash sirlari

Bu maqolada sizga eng muhim bo’lgan sirlar soni aytib o’tildi, sababi barchasi baribir o’zingizga bog’liq!

Iloji bo’lsa xato kam qiling, chunki Sizni akkauntingizni qulflab qo’yishlari mumkin, ko’rinib turibdiki bu yomon oqibatlarga olib keladi. Bilib oling, pullarni 15 rubl yoki 1$ bo’lganda emas, ko’paytirib bo’lganingizdan so’ng hamyonga o’tkazin, sababi minimalka yig’ish juda qiyin.

Kechqurun ishlashga harakat qiling, negaki ko’p to’lashadi.

Do’stlar, Men shu yerda yakunlayman va yana bir marta aytib o’taman : «Hammasi o’zingizga bog’liq !».

Xulosa

Demak, Aziz vatandoshlar! Biz bu maqolada kapchalar haqida to’liq bilib oldik va pul ishlash uchun saytlarni ham ko’rib chiqdik, undan so’ng men sirlar bilan bo’lishdim.

Agar Sizga maqola yoqqan bo’lsa, unda do’stlar bilan bo’lishish esingizdan chiqmasin!

Chala Admin
Yoshim 19da. Front-End dasturchiman (Vueda yozaman). Frilans orqali pul ishliman. Onlayn biznesdagi tajribam 6 yil.
Muallifni reytingi
Fikr qoldirish

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.

  1. Anonymous

    Salom. Men Qiwi dan qanday qilib vaqtinchalikka qarz olsam bo’ladi? Javob uchun oldindan rahmat…

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Salom. Bo’ladi adashmasam, faqat olib ko’rmaganman)

      Javob berish
  2. Nurmuhammad

    bulardan regitiratsiyasidan otib bolmayapdiyu

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Nimaga?

      Javob berish