Hammaga Salom, Aziz do’stlar! Mening ismim — Chala Admin, web-dasturchiman. Saytimizga xush kelibsiz! Bugungi maqola har doimgidek internetda pul ishlash haqida bo’ladi. Ushbu maqolada biz internet biznes tizimini biroz real nazarda qarab ko’ramiz. Shaxsiy fikrga egalik qilish desa ham bo’ladi.
Mening saytim 2016-yildan boshlab ish yuritib bormoqda, saytimga 2017-yildan beri har kuni yuzlab odamlar tashrif buyurishadi. Shu 3 yil mobaynida menga o’rtacha 14500 ta murojat kelgan, bularning yarimidan ko’pi esa quyidagicha savoldan iborat: «internetda qanday pul ishlash mumkin?».
Bu savolga javob berish oson tuyiladi, ammo afsuski bu unday emas. Biz oddiy internet foydalanuvchisi bo’lsak, hammamiz har xilmiz. Har birimizda o’zimizni qiziqtiradigan narsalarimiz yoki mashg’ulotlarimiz bo’ladi va bir so’z bilan aytganda, hammamiz bir xil emasmiz. Shuning uchun men bu savolga bitta qilib javob bera olmayman. Aksincha, alohida tushuntirib o’taman.
Bu maqolada men, umumiy tarzda savolga javob berishga baribir harakat qilib ko’raman. Sizlarga bitta harfini qoldirmasdan o’qishni tavsiya qilaman.
Men ko’plab murojatlardan so’ng, umumiy tarzda o’zim uchun murojatlarni bir necha toifaga bo’ldim.
Murojat qilgan odamlarni fikrlarini bo’linishi turi:
Yangi kelgan
Birinchi toifa – Men internet biznesga kirib kelgan odamlarni qo’shdim. Tasavvur qiling, Siz faqat Telegram va Instagram kabi internet tarmoqlaridan foydalanib kelgansiz, internetda pul ishlash mumkinligini bugun bilib qoldingiz. Albatta, boshida bunga ishonish qiyin bo’ladi va hayolda bu orzuga o’xshaydi. Uydan chiqmasdan turib yaxshigina pul ishlash, ajoyib his-tuyg’ular to’g’rimi?
Meni bunday odamlarga 2 ta xabarim bor. Yaxshisidan boshlasak – internetda pul topish mumkin, shu tarzda hozirgi kunda yuzlab mamlakatlarda millionlab odamlar internetda pul ishlab keladi. Yomon xabarim esa shuki, tez va oson daromad olib bo’lmaydi, buni orzu qilmasangiz ham bo’ladi. Yaxshigina mehnat orqali Siz qoniqtiradigan foydaga erishasiz.
Xulosa shuki, internetda pul topish mumkin, mehnat orqali albatta bunga erishaman deb fikrlaydigan odamlar natijaga erishishi aniq.
Agar Siz boshlanuvchi bo’lsangiz, unda mehnat nima ekanini bilishga Sizni taklif qilaman. Xo’sh endi, kapchalarda pul ishlash yo’lini sinab ko’ring.
Saytchilar
Ikkinchi toifa – saytchi odamlar. Ular internetda pul ishlash mumkinligini biladi, ko’plab videolarni YouTube orqali ko’rib, guvohi bo’lishgan, har xil saytlarda kam bo’lsada, birinchi daromadini olishgan. Ular bitta sistema bilan onlayn biznesda ishlayabman deb hisoblashadi, ya’ni aytmoqchi bo’lganim, daromad olish uchun birinchi sayt topish kerak va u yordamida Siz pul ishlaysiz.
Ular bir tarafdan to’g’ri o’ylashadi, ammo afsuski men bu qarorni qabul qilmayman. Sayt – bu oddiy maydoncha, u yerda oddiy operatsiya, funksiyalarni bajarish mumkin, shu yordamida albatta pul topasiz. Lekin har bir yo’nalishda yuzlab saytlar bor. Ular qanchalik yaxshi bo’lmasin, Sizning daromadingizga bu salbiy ta’sir qilmaydi. Yana bo’lsa, 30-40% darajada saytsiz pul topish imkoniga ega bo’lish mumkin.
Ushbu toifadan xulosa qilsak, internetda pul ishlash uchun sayt asosiy masala emas, asosiy masala – bu Sizning bilim va tajribangizdir.
Agar Siz bu toifalarning biriga kirib turib, hali hamon sayt qidirayotgan bo’lsangiz, uznetdagi eng uzun ro’yxatga taklif qilaman.
Tajribali tajribasizlar
Uchinchi toifa – Tajribali va tajribasizlar, ular bir necha yildan beri internet biznesga qiziqib keladi. Internetda pul ishlash yo’llarini ko’p usulini va ular orqali daromad olish mumkin bo’lgan mashhur saytlarni bilishadi. Lekin, hali doimiy daromadga chiqishmagan…
Mana ular ikkinchi toifadagi odamlarga o’xshab ulg’ayganlar hisoblanadi 🙂. Agar ikkinchi toifaga kirishmaganda, hozir internetda yaxshi daromad olishgan bo’lar edi…
Shu toifadagi odamlarga tavsiyam keyingi toifaga o’tish. Bu haqida pastda o’qishingiz mumkin…
Kasbchilar
To’rtinchi toifadan – Kasbchilar. (Endi odamlarni maqtash vaqti keldi). O’zingiz hayron bo’lsangiz kerak, yuqoridagi toifalarni faqat kuchsiz tomonlarini aytib o’tdim. Ammo bu afsuski shunday bo’lgani yaxshi… Bu toifaga kasbi borlar kiradi, ular juda kam murojat qilishgan, shunday bo’lsa ham ish bilan yoki oddiy tajriba almashish uchun muloqot olib borishgan.
To’rtinchi toifadan boshlab odamlarni endi maqtash vaqti keldi) O’zingiz hayron bo’lsangiz kerak, yuqoridagi toifalarni faqat kam tomonlarini aytib o’tdim, ammo bu afsuski shunday bo’lgani yaxshi… Bu toifaga kasbi borlar kiradi, ular juda kam murojat qilishgan, shunday bo’lsa ish bilan yoki oddiy tajriba almashish uchun muloqot olib borishgan.
Frilans – bu xizmat ko’rsatib pul ishlash. Siz qaysidir kasbni ustasisiz, misol uchun telegramda chat-botlar yaratasiz va Siz o’z xizmatlaringizni internetda boshqalarga ko’rsatasiz. Xaridorlar Sizga xaq to’lab, xizmat buyurtma qiladi, frilanser shunday tarzda pul ishlaydi.
Frilansda start olish uchun birinchi kasb tanlash lozim.
Kasblar ro’yxati:
- Dizayner: logotip, banner, vizitka, sayt va mobil ilovalarni dizaynini yaratish;
- Dasturchi: sayt, skript, telegram bot, mobil ilova, dasturlar va o’yinlarni yaratish;
- Kopirayter yoki rerayter ya’ni tarjimon: maqola, tarjima va boshqalar;
- SEO-mutaxassis: qidirish tizimlarda saytlarni targ’ib qilish bo’yicha usta;
- Internet-marketolog: kontekst reklama, SMM, email marketing va PR bo’yicha usta;
- Montajchi: intro, outro, rolik, film va videolarni montaj qilish;
- Bitmeyker: bitlarni yaratish;
- Shu bilan birga yana bir nechta onlayn kasblar kiradi.
Siz ro’yxatdagi kasblardan birini tanlab, shu sohani o’rganishingiz kerak bo’ladi, undan so’ng Sizda 2 ta yo’l ochiq bular:
- frilans bilan shug’ullanish ya’ni xizmatlarni internetda targ’ib qilib pul ishlash;
- Ishga borish ya’ni OLX yoki HeadHunter saytiga kirib ish topib ishlash.
Internet biznesmenlar
Oxirgisi mening fikrimcha to’g’ri yo’nalish tanlagan odamlarning toifasi. Bu soha — hayotdagidek biznesmen, investorlarning faoliyatlari. Ularning soni 100% aholidan, 1%ni tashkil etadi, ular 90% pulga egalik qilishadi…
Internetda deyarli shunday, ammo aniq soni haqida bilmayman. Siz internetda o’zingizni biznesingizni boshlashingiz mumkin. Ular internetda juda ko’p, yana bir qulay tomoni uni offlayn biznes bilan bog’lash mumkin.
Biznes yaratish uchun, birinchi g’oya kerak bo’ladi, shu g’oya bilan keyingi qadamlarni individual tarzda bosasiz!
Do’stlar, internetda hamma narsani hech kimdan so’ramasdan, iltimos qilmasdan o’rganish mumkin. Ustoz qidirish shart emas, Google — Sizning ustozingiz bo’ladi, Sizning muammolaringizni xohlagan paytingizda yechib bera oladi!
Maqola Sizga foydali bo’ldi degan umiddaman, agar savollaringiz bo’lsa, pastda fikrlar bilan bo’lishing, albatta o’zim 24 soat ichida javob berishga harakat qilaman.
Салом Асадбек Узбекистонда YouTube да пул ишласа буладими ва канча?
1 – ha, 2 – maqolamiz bor saytimizda, topib o’qib ko’rishingiz mumkin
Salom xozirgi kunda eng yaxshi va pul tòlaydigan saytlar qaysi sarmoyasiz va sarmoya tikip ishlaydigan saytlar xaqida malumon bering iltimos oldindan raxmat
Salom, saytimizda bu bo’yicha maqolalar juda ko’p
Assalomu alaykum shunday sayt yaratmoqchi edim.Bugungi kunda hammamizga juda kerak bo’igan biimlar.Omadingizni bersin.Sinab ko’rdim aytgan sayingiz ‘2capcha’ saytida pul ishlasa bo’lar ekan.
Salom, raxmat
Salom, admin siz bilan qanday bog’lansak bo’ladi?
Bog’lanish bo’limi orqali
Men endi internetga kir boshladim va pul ishlash yulari xaqida batafsil bilmoqchi edim
Saytimiz shuning uchun ham yaratilgan, ko’p maqolalar bor
Salom admin men qiwi hamyon ochdim va undagi pulni qanday olsam boladi yoki plastikka tushirsa boladimi? kavobni kutaman
bo’ladi
Sarmoyasz biznes bolmaydi bizga eng ishonchli va qulay pul beradigan sayt kerak
Gaplaringiz tori lekin quruq gapdan foyda yoq torimi amaldayam korsatish kerag