Internetda pul ishlash – 12ta pul topish yo’llari

12ta Internetda pul ishlash
Ushbu maqolada biz internetda pul ishlash uchun saytlar haqida to'liq bilib olamiz va pul ishlash uchun 12 xil pul topish yo'llarini birma-bir ko'rib, yana bo'lsa o'rganib chiqamiz.

Assalomu aleykum, Aziz yurtdoshlar! Sizni saytimizda ko’rib turganimdan juda hursandman, mening ismim —Chala Admin. Bugungi maqolada biz internetda pul ishlash uchun saytlar haqida o’rganamiz.

Agar Siz internet biznesga qiziqib qolgan bo’lsangiz bemalol hech qanaqa bilim va sarmoyasiz pul ishlashni va topishni boshlashingiz mumkin. Siz uchun internetda hech qanaqa to’siqlar bo’lmaydi va daromadni xohlagan miqdorda olishingiz mumkin. Eng muhimi o’zingizga to’g’ri keladigan pul ishlash yo’lini tanlab, qattiq harakat qilib daromad olishni boshlang.

Internetda pul ishlash haqida to’liq ma’lumot

Hozir internet – daromad olish va pul ishlash uchun eng rivojlangan joylardan biridir va internet biznes kundan-kunga kengayib bormoqda, yana bo’lsa ekspertlarning aytishi bo’yicha «Internet — bu kelajakdagi odamlarning ish joyi» ekan.

Internet men uchun — bu ish joyi, sababi men internetda o’zimining proektlarim orqali foyda (pul) olaman. Daromadim kundan-kunga ko’payib bormoqda, ishni uydan chiqmasdan bajarsam ham bo’ladi va mening boshlig’im ham yo’q, yana bo’lsa daromadni xohlagan miqdorda olishim mumkin.

Bir so’z bilan aytganda, internetda pul ishlash bu juda zo’r va tushuntirib bo’lmas darajada qiziqarli ish !

Internetda pul ishlashni qanday boshlash mumkin?

Internetda pul ishlashga qiziqqaningizdan so’ng, pul topishni boshlashingiz kerak. Pul ishlash uchun bir-nechta qadamlarni qo’yib chiqing :

  • Elektron pochta yaratish – saytlarda ro’yhatdan o’tish uchun yaratish kerak ;
  • Elektron hamyon yaratish – internetdagi pullarni tortib olish uchun yaratamiz ;
  • O’zimizga tog’ri keladigan pul ishlash yo’lini tanlash va ishlash ;
  • Pullarni yechib olish.

Internetda pul ishlash yo’llari – 12ta yo’li

Pul ishlash yo’lini men uchta bo’limga bo’laman :

  • Boshlanuvchilar uchun ;
  • Profilar uchun ;
  • WebMasterlar uchun.

O’zingizni toyifangizni tanlang va o’tib, o’rganing.

Boshlanuvchilar uchun

Internetda pul ishlash uchun saytlar juda ko’p va birinchi bo’lib eng oson va qulaylarini ko’rib o’tamiz:

1. Kapchalar kiritib pul ishlash

Oddiy harflar va sonlarni kiritib o’zingizga kichik bo’lsada daromad uyishtirsangiz bo’ladi. Sizdan faqat ish talab qilinadi, sarmoya ham, bilim ham shart emas.

To’liq bilib olish uchun “Kapchalar kiritib pul ishlash” degan maqolamizni o’qib, saytlarga ham manbalarni olishingiz mumkin.

2. Bonuslar yig’ib pul ishlash

Hamyoningiz bor va unga pul tashlash kerak, uning uchun hozir ishlash ham shart emas. Bonuslar yig’ib pul ishlash imkoniga hozir hamma ega. Hamyoningizni raqamini kiritasiz va kapchani kiritib, «Olish» tugmasini bosasiz va pullar hamyoningizga tushib keladi. Bonuslarni bir emas, o’n-o’nbeshta saytlardan olish mumkin. Lekin bonuslar faqat 24 soatda bir marotaba beriladi.

3. Ijtimoiy tarmoqlar orqali pul ishlash

Vkontakte, Facebook, YouTube, Google+, Odnoklassniki va Twitter orqali Siz yaxshigina pul topishingiz mumkin. Sizning ishingiz bu — grupparlarga obuna bo’lish, repostlar qilib layklar bosish. Foydani esa bir necha saytlardan olish mumkin.

Siz uchun men juda foydali maqola tayyorlaganman : “Ijtimoiy tarmoqlarda pul ishlash”

4. Brauzer orqali reklama ko’rib pul ishlash

Brauzeringizga to’g’ri keladigan kengaytmani (расширение) o’rnatib, hamyoningizni to’ldirib olishingiz mumkin. Siz saytlarga kirganingizda reklamalar paydo bo’ladi va shu bitta reklama ko’rganingiz uchun 0.01-0.05 rubl olish mumkin. Agar reklama kuniga 1000ta chiqsa, 10-50 rubl olish mumkin. Oyiga bu sonlar 300-1500 rubl tashkil etadi.

Surfearner – reklama ko’rib ishlash uchun eng mashhur servislardan biri.

5. Bukslarda pul ishlash

Siz internet biznesga yaqinda kelganingizni hisobga olib, bukslarda pul ishlash yo’lini ham bu ro’yxatga kiritishga qaror qildim. Bu yerda Siz internet biznesning modelini bilib olishingiz mumkin va kelajakda bu juda ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Ushbu pul ishlash yo’li haqida men boshqa maqolada aytib o’tganman. To’liq bilish uchun bu yerga bosing.

6. Investitsion o’yinlarda pul ishlash

Agar Siz yuqorida ko’rsatilgan pul ishlash yo’llari orqali o’zingizga kichik bo’lsada daromad olgan bo’lsangiz, unda investitsion o’yinlarga pul tikib yaxshigina daromad olishingiz mumkin. Pullaringizni ko’paytirib va oyma-oy daromad olish imkoniyatiga ega bo’lasiz.

Profilar uchun

Agar Siz anchadan beri internet biznes bilan shug’ullanib kelayotgan bo’lsangiz, unda men tavsiya qilgan pul ishlash yo’llari orqali yaxshigina pul topishingiz mumkin.

7. Optsionlarda pul ishlash

Kichik vaqt ichida maksimal darajada pul ishlash aynan ushbu pul ishlash yo’li orqali bo’ladi. Daromad kuniga 1000-2000 rublni ham tashkil etishi mumkin, ammo tavvakal ham mavjud. Endi bizda aytishadiku : «Tavvakal qilmagan, bayram ham qilmaydi !».

8. YouTube orqali pul ishlash

YouTube hozir nafaqat Sizni zerikishdan ozod qiladi, yana daromad olib kelish imkonini ham beradi. Yana bo’lsa YouTube orqali daromad olish hozir eng mashhur va daromadli pul topish yo’llaridan biridir. Bu yerda har bir 1000ta ko’rilgan videoga 0.1-10$ olish mumkin. Agar Sizning videoyingizni 1000000ta ko’rishsa Siz kamida 100$ uzog’i bilan esa 10000$ topish imkoniga ega bo’lasiz.

To’liq malumotni men bu maqolada aytib o’tganman : “YouTube orqali pul ishlash”.

9. Hamkorlik dasturlarida pul ishlash

Referallar haqida hozir hamma Profillar bilishadi va referallarni jalb qilib internetda juda yaxshi daromad olish mumkin. Sizga faqat yaxshi trafik kerak bo’ladi, ya’ni sayt yoki ijtimoiy tarmoqlarda gruppa. Agar Siz yaxshi trafikga ega bo’lsangiz, juda zo’r daromad olishingiz mumkin.

WebMaster uchun

Agar Siz WebMaster, ya’ni sayt yaratuvchi odam bo’lsangiz, unda o’zingizga internet yordamida daromad kiritishingiz mumkin.

10. Frilansda pul ishlash

Siz pulga xizmatlar qilib daromad olishingiz mumkin. Buyurtmachilarni internetdan olsa ham bo’ladi, uning uchun e’lon taxtachalariga e’lon berib olishingiz mumkin, yoki sayt yaratib olish ham mumkin.

11. Reklama yordamida pul ishlash

Sizning saytlaringiz bo’lsa, unda reklama joylashtirib pul ishlashingiz mumkin.

12. StartUp proekt yaratib pul ishlash

Siz Tas-ix yoki umuman internetda qandaydir proekt yaratib pul ishlashingiz mumkin. Masalan : xabarlar sayti, saytlar konstruktori, pitsalar yetkazib beruvchi sayt yoki o’zingizga to’g’ri keladigan go’ya tanlab yaratishingiz mumkin. Yaratib bo’lgandan so’ng investor topsangiz, o’zi sarmoya qiladi va proektingizni rivojlantirish imkoniga ega bo’lasiz.

Ushbu 12ta pul ishlash yo’llarining hammasi ishonchli va bu yerda hech qanaqa loxotron yo’q.

Xulosa

Demak, Aziz vatandoshlar! Biz bu maqolada internetda pul ishlash haqida to’liq bilib oldik va pul topish uchun 12ta pul ishlash yo’llarini ko’rib o’tdik. Maqolaning oxirida esa internetdagi pullarni yechib olishni o’rganib oldik. Agar Sizga maqola yoqqan bo’lsa, unda do’stlar bilan bo’lishish va saytga obuna bo’lish esingizdan chiqmasin!

Chala Admin
Yoshim 19da. Front-End dasturchiman (Vueda yozaman). Frilans orqali pul ishliman. Onlayn biznesdagi tajribam 6 yil.
Muallifni reytingi
Fikr qoldirish

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.

  1. GeRoY

    Salom admin vide dasturni kordim zor ciqibti wuni nabarotiga qilsa boladimi webmoney yoki payza xamyonidan kartickaga uzcard ga tuwirsa boladimi masalan 100$ni uzcard ga 700.000qib tuwiriw mumkinmi

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Bo’ladi, faqat kurs o’zgargan

      Javob berish
  2. Umbar

    Qanaqa qilib 100$ni 700000 qilib Uzcartga tushurish mumkin. Buning iloji bormi? Bor bo’lsa shu haqida ma’lumot bersangiz. Iltimos!!!

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Salom. Albatta, faqat hozir kurs 10000dan yuqoriroq

      Javob berish
  3. Sherzod

    salom oka Bunuslar yigish uchun saytlar ro’hatini bersangiz iltimos

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Salom, ular yordamida yaxshi daromad olib bo’lmaydi

      Javob berish