Infobiznes yuritishni boshlash va million so’m daromad olish

Internetda pul ishlash
Bu maqolada pul topish usuli haqida to’liq gapirib, tushuntirishga harakat qilaman va men o’ylaymanki, bu ish qo’limdan keladi...

Assalomu aleykum, Aziz yurtdoshlar! Sizni saytimizda ko’rib turganimdan juda hursandman, Mening ismim — Chala Admin. Bugun biz internetda pul ishlashni yana bir usulini ko’rib o’tamiz, bu infobiznes deb yuritiladi.

Bugun biz internetdagi eng daromadli pul ishlash yo’llaridan birini ko’rib o’tamiz. Hayron bo’lmang, bu o’sha mashhur — infobiznes.

Agar sizga ozgina bo’lsada qiziq tuyilgan bo’lsa, unda maqolani o’qishni davom ettirishga chorlayman!

Infobiznes nima o’zi bu?

Infobiznesni hamma har xil tushunadi, ammo meni tushunishim bo’yicha bu — ma’lumot almashib pul ishlash. Ya’ni, sizda biron-bir soha bo’yicha bilimingiz bo’lsa, unda u bilan bo’lishib yaxshigina daromad olishingiz mumkin.

Ushbu internetda pul ishlash yo’li hammaga ham to’g’ri kelavermaydi, bu yerda ishlash uchun sizni kamida bir sohangiz bo’yicha bilimingiz bo’lishi shart.

Masalan, Siz ingliz tili o’qituvchisisiz ya’ni Siz infobiznes bilan shug’ullanishingiz mumkin. Chunki hozirgi vaqtda ingliz tili eng mashhur va dunyoning xalqaro tillaridan biri. Bu tilni o’rganishni istaganlar juda ko’p.

Infobiznes boshlash

Menimcha, eng qiyin ish — bu boshlash. Agar siz rostdan ham onlayn daromad olishni istasangiz, unda harakat qilib, o’zingizga ishonib ishni boshlashingiz kerak. Qadamlar:

Infomahsulot

Eng birinchi qadam bu — Infobiznesingiz uchun o’rgatuvchi material tayyorlash, ya’ni infomahsulot yaratish.

Infomahsulot 3 turga bo’linadi: videokurs, elektron kitob va audiokurs. Shu turning birini tanlab, uni yaratishga kirishing.

Eng yaxshi, oson va qulayi — bu video-qo’llanma. Videokurs uchun camtasia studio (screencast) va avs video editor (jonli video) dasturlarini ishlatishni tavsiya qilaman.

Telegram kanal

Mahsulotingiz tayyor bo’lsa, unda uni sotish kerak. Hamma mijozlaringizni siz internetdan olasiz va buning uchun sizga telegram kanal juda to’g’ri keladi.

Mening tavsiyam birinchi telegram kanalda shaxsiy blog yarating va obunachilarni yig’ib ularni qiziqtiring, siz mutaxassis ekanligingizni isbotlashingiz kerak bo’ladi. So’ng esa videokursingizni e’lon qiling va sizning obunachilaringiz sotib olishadi.

Tassavur qiling! Sizning infomahsulotingiz 1 000 000 so’m turadi va uni 100ta odam sotib oldi deylik, ya’ni siz 100 000 000 so’m daromad egasisiz.

Reklama

Telegram kanalingiz va infomahsulotingiz tayyor, endi uni xalqqa ko’rsatish, ya’ni reklama qilish lozim. Reklamani telegramdagi mashhur kanallardan sotib olishingiz mumkin. Tgstat servisini ishlatib, kanallarni filtrlashingiz kerak va keyin ularni adminiga yozib sotib olishingiz lozim.

Bu qadamlarni qilib siz yaxshigina daromad olishni boshlashingiz mumkin.

Qanday qilib odamlar menga pul o’tqazishadi?

Juda ko’p beriladigan savollardan biri, chunki elektron kommertsiya bizning yurtimizda hali uncha to’liq rivojlanmagan. Ammo sizni quvontirishim lozim do’stlar, masala uncha qiyin emas va bu yerda ham bir-necha variantlar mavjud:

  • Naqt pul orqali;
  • CLICK/PAYME/OSON yordamida uzcard orqali;
  • CLICK Hamyon;
  • Websum.

Mahsulotni qanday qilib mijozimga taqdim etaman?

Pochta

O’zbekistondagilarga va chet davlatlarda yashaydiganlarga pochta yordamida yetkazishingiz mumkin, juda yaxshi va arzon variant. Narxlar bilan pochta.uz saytida tanishing.

Yuzma-yuz

Hamshaharlaringiz bilan siz yuzma-yuz ko’rishib disklarni yetkazib berish imkoniga egasiz, bu ham yaxshi yechim.

Xosting

O’zingiz yangi xosting sotib olib, disklarni internet yordamida sotishingiz mumkin. Bu usul eng tez, qulay va hammaga to’g’ri keladi!

Chala Admin
Yoshim 19da. Front-End dasturchiman (Vueda yozaman). Frilans orqali pul ishliman. Onlayn biznesdagi tajribam 6 yil.
Muallifni reytingi
( No ratings yet )
Pul-topish.com
Fikr qoldirish

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.

  1. UzAnonim

    salom menda info maxsulot bor qanday qilib men uni sotishim mumkin agar rozi bo’lsangiz foyda 30 ga 70 almahsrdik . albatta sizga 30% qancha ko’p odam olsa sizga shuncha ko’p pul tushadi, menga ham

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Salom. Biz infokurslarni arbitraji bilan shug’illanmaymiz, uzur.

      Javob berish