BitCoin – oddiy so’z bilan nima degani?

Internetda pul ishlash

Hammaga Salom! Aziz saytimiz obunachilari va saytimizga birinchi bor tashrif buyurgan internet foydalanuvchilari. Hozir butun dunyoda qisman yangi bo’lgan valyuta — bitcoin haqida ma’lumotlar juda tez tarqalib ketdi, ammo baribir ko’pchilik bu nima ekanini bilishmaydi.

Bugun biz bitcoin nima va qanday paydo bo’lgan, Nima uchun u valyuta hisoblanadi, Va nega ayrim rivojlangan mamlakatlarda u qonuniy hisoblanadi kabi savollar haqida biz oydin gaplashamiz. Bu maqolani o’qib bo’lib, siz bitcoindan foydanalish yoki foydalanmaslik, pul ishlash yoki pul ishlamaslikka qaror qilasiz.

Sizga qiziqmi? Unda boshladik.

Bu maqolani o’qib, siz shu savollarga javob topasiz :
  • BitCoin nima u?
  • Yana boshqa qanday kriptovalyutalar mavjud?
  • Nega uni hozir ishlatish kerak?
  • Qanday qilib u orqali pul ishlash mumkin

BitCoin — kriptovalyutani tug’ilishi

Birinchi bo’lib, albatta tarixga qaytsak, 2009-yilda yaponiyalik Satoshi Nakasomi (bitcoin asoschisi — fakt emas) elektron valyuta yaratadi, ammo bugungi kunga kelib ham kim yaratganligi haqida to’liq ma’lumot yo’q. Uning g’oyasi shundaki, valyutalarni nazoratsiz ayirboshlashga (almashtirishga) ega bo’lish, elektron shaklda uni saqlash va o’tkazish, yana qabul ham qilish edi.

Bitcoin — bu nima o’zi?

Bitcoin (bitcoin, btc) — bu elektron shaklda, banklarsiz (nodavlatiy) tarzda ishlaydigan valyuta. Hozirgi kunda trendni (mashhurlikni) egallayotgan mavzulardan biri. Vaqtida narxi 1$ bo’lgan kriptovalyuta, hozirgi daqiqada 35305$dir. Uni hech kim boshqarmaydi, valyutani banklar emas, millionlab kompyuterlar har xil dasturlar orqali matematik algoritmlar bilan ishlab chiqaradi (mayning). Aynan shu kriptovalyuta (tizimi) deyiladi.

Webmoney va qiwidan farqi nimada ?

Farqi shundaki, BitCoin pullarini (btc) Siz dollarga, rublga va kerak bo’lsa xohlagan buyumlarga almashishingiz mumkin. Uning uchun BitCoin sotadigan odam topishingiz zarur, shu bilan birga olib-sotish uchun har xil birjalar mavjud. Albatta, yana bir masala — WebMoney va Qiwi hamyonlarini mamlakatlar boshqarishadi, BitCoin esa mustaqil valyuta, ammo kimdir uchun bu juda ishonchsizlikni bildiradi.

Elektron hamyonlar haqida malumot : «Elektron hamyon ochish va yaratish bo’yicha qo’llanma»

Kim valyutani ishlab chiqaradi?

HECH KIM! Bu valyuta banklarda chop etilmaydi va ularni qoidasi bo’yicha ishlamaydi. Banklar xohlagancha pul chop etishlari mumkin, ammo bu inflatsiyaga (valyuta qiymatini pasayishiga) olib keladi.

Bitcoin faqat sonlar shaklida bo’ladi, naqt pul emas. Uni xohlagan paytda, xohlagan odam matematik algoritmlar orqali o’z kompyuteridagi quvvati bilan ishlab topishi mumkin. Bitcoin ishlab topish — «mayning» deb aytiladi, mayning haqida ma’lumot birozdan keyin albatta bo’ladi.

Yana bir muhim masala, 1 bitcoin = 100 000 000 satoshiga teng. Ya’ni boshqa oddiy valyutalarga juda o’xshab ketadi. Masalan, AQSH dollarini yarimi = 50 sent, rublni yarimi esa = 50 kopeyka. Bitcoinda esa = 50 000 000 satoshi. Ha, bu juda g’alati, bunday bo’lishining sababi, bitcoin qimmat bo’lishi menimcha kutilgan, odamlar kichkina summa bilan ham ishlashlari uchun shunday qilingan.

Bitcoindan boshqa kriptovalyutalar bormi?

Albatta bor, ularni yana «altcoin» deb atashadi. Ulani soni juda ko’p va kundan-kunga o’shib bormoqda. Coinmarketcap.com saytida siz ularni katalogi, narxi va reytingini bilib olishingiz mumkin. Ular haqida ham ma’lumotlar bizning saytimizda keyinroq bo’lishi kutilmoqda.

BitCoin ishlatish qonuniymi?

Har bir mamlakatlarning har xil qoidalari va qonunlari bor. O’zimizning mamlakatimizdagi qonunlarga bo’ysunishimiz shart, u bo’lmaganida tinchlik ham, tartiblik ham bo’lmas edi. Shuning uchun pastda joylashgan ro’yxatga e’tibor bering.

Demak, Bitcoin ishlatish mumkin bo’lgan mamlakatlar:

  • Albatta, Yaponiya (qonunlashtirilgan)
  • Filippin (to’lov tizimi deb, tasdiqlangan)
  • Malayziya (qonunlashtirishga tayyorgarlik ko’rayapti)
  • Janubiy Koreya (qonunlashtirishga tayyorgarlik ko’rayapti)
  • Belgiya (oddiy moliyaviy operatsiyalar, soliqqa tortilmaydi)
  • Finlandiya (oddiy moliyaviy operatsiyalar, soliqqa tortilmaydi)
  • Germaniya (qonuniy valyuta, soliqqa tortiladi)
  • Kanada (oddiy moliyaviy operatsiyalar, soliqqa tortilmaydi)
  • Buyuk Britaniya (birjalar bilan nazorat qilish harakatida)
  • AQSH (soliqqa tortiladi)
  • Alyaska (kriptovalyuta biznesini sertifikat qilish harakatida)
  • Chexiya (neytral holatni egalladi)
  • Hindiston (qonunlashtirishga tayyorgarlik ko’rayapti)
  • Fransiya (qonunlashtirishga tayyorgarlik ko’rayapti)

Do’stlar, sezgan bo’lsangiz, bitcoinni qabul qilgan mamlakatlar juda rivojlangan va boy do’vlatlar hisoblanadi. Bundan, o’zingiz xulosa qiling.

MUMKIN EMAS: 

  • Rossiya (noqonuniy valyuta, yaqin bo’lgan 2-3 yilda o’zini milliy kriptovalyutasini yaratish niyatida)
  • Islandiya (jiddiy zapretda)
  • Vetnam (noqonuniy to’lov tizimi)
  • Ekvador (noqonuniy to’lov tizimi)
  • Xitoy (opratsiyalar cheklangan)

Ha, tepada ko’rsatilgan mamlakatlar yetarlicha boy va kuchli, baribir xulosa qilish o’zingizga bog’liq…

O’zbekistonga kelsak, vaziyat biroz mushkul… Ishlatish mumkin, sotib olishni esa imkoni yo’q. Lekin birja orqali sotish mumkin. Qiziq, sotish huquqiga ega bo’lsak, ammo uni qayerdan olishimiz kerak? Mayning bo’yicha qonun yo’q, ICO to’g’risida ham. Bir so’z bilan aytganda, vaziyat tushunarsiz.

Lekin bir narsa aniq, kriptovalyutalarni to’lov tizimi sifatida ishlatish mumkin emas.

Bitcoin qanday sotib olish/sotish mumkin?

Maqolaning yarmida aytib o’tganimdek, uni birjalar orqali ham sotsa bo’ladi. Birjalarga hozir havola beradigan bo’lsam, tushunmasligingiz mumkin, shunga videodars tayyorlashni ma’qul ko‘rdim…

Sotib olish imkoni O’zbekistonda ham bor, ammo u noqonuniy hisoblanadi, shuning uchun bu haqida ma’lumot bera olmayman.

Sotishni esa Uznex orqali amalga oshirsangiz bo’ladi…

Chala Admin
Yoshim 19da. Front-End dasturchiman (Vueda yozaman). Frilans orqali pul ishliman. Onlayn biznesdagi tajribam 6 yil.
Muallifni reytingi
( 22 assessment, average 4.5 from 5 )
Pul-topish.com
Fikr qoldirish

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.

  1. Azizbek

    Xormen oka charchamavosmi…bitcoin haqida yaxshi narsala yozibsiz…man bir narsani bilmoqchidim- masalan qiwi hamyonga pul o’tkazish uchun telefon nomer kiritiladi yani adresi……bitcoin adres qande ko’rsatiladi…tel nomermi yoki 20-30 tacha rasshifrofka qilingan raqam.harflami..

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      btc manzil – generation qilinadi. ikkinchisi

      Javob berish
  2. xabibullo

    Azizbek xa shunaqa buladi xarfla va sonla 20-30 atrofida

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      +

      Javob berish
  3. Guzal

    Salom. Yaxshimisiz? Bir kishi manga pul jo’natgan shuni qabul qolish uchun $400 to’lashim kerakmi?

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Yo’q

      Javob berish
  4. Alibek

    Bitcon o’rganish uchun kirdim

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      👍

      Javob berish
  5. Y

    Bitcoin oynash shariatmizga mos keladimi? Islomga togri keladimi?

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Salom, bilmadim, bitcoin bu o’yin emas

      Javob berish
  6. Umid

    Salom! Men bitcoin yig’ishni o’rganmoqchiman. “Mayning” qilib bitcoin yig’ish uchun nima qilishim kerak? Buning uchun kompyuterimda maxsus biror qurilma yoki dastur kerakmi?

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      1 – mayning ferma kere, 2 – ha, kere bo’ladi

      Javob berish
      1. Qayerdan yuklanadi mayning ferma?

        Qayerdan yuklayman mayning fermani yoki online bo’ladimi?

        Javob berish
  7. Gold men

    salom telegramda bitcoin mining bot bor usha orqali bitcoin yig’sa bo’ladi ekan.Shu rostmi yig’ilgan bitcoinni hamyonga chiqarsa bo’ladimi ko’rib bering oldindan rahmat @BitcoinMining_V12_Bot

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Rost emas

      Javob berish
  8. Islom

    Chet ellik kup tanishlarim bitcoin sotib olishni taklif qilyapti shunga nima deysiz

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      To’g’ri taklif qilishipti

      Javob berish
  9. Diyorbek

    Bitcoinga investitsiya kiritib pul ishlab bôladimi? Shunga yaqinroq gap eshitgandim

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Salom, ha, oddiy sotib olish lozim holos

      Javob berish
  10. AKRAMBEY

    Assalomu aleykum aka yaxwimisz hozir men ApMoney.xyz saytida reklama korib pul ishlavotgan edim shunda bit coinga 10$ pul tashlashing kerak devotti shu narsa rostmi nma deysz

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Salom, loxotron

      Javob berish
  11. Улугбек

    Ассалому алайкум ака Телеграмда Форекс Траде Сигнал каналида битсоинда савдо килишни ургатаркан,шу ростми?

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Salom, bilmadim

      Javob berish
  12. baxtiyor

    Assalomalekum oke o’zingiz Bitcoin moning qilasizmi bu nara oqwidimi o’zi bunan non yesa boladimi man endi bowlamoqwiman ozi boladigan narsami , unga qanaqa kompuyuterlar kerak ?? oldinan raxamt

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Salom, 1 – qimiman, 2 – bo’ladi, 3 – asic yoki kuchli videokartali komp kere

      Javob berish
  13. Мухаммаджон

    Ока салом алейкум қайсидур кўрсатувда биткоин билан ишловчи бола этгандиде компютер ўта кучли бўлиши кере деганди шунга ойдинли киритсез и без интернет нимадурам дегандиде

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Salom, 1 – asic yoki kuchli videokartlari komp kere, 2 – internet baribir kere

      Javob berish
  14. Shavkat

    Men ushbu saytda ishlayapman lekin o’zbekistonda jripta valyutada misol uchun bitcoinni qanday qilib sotaman menda payeer kashelok bor shunga bitcoin yig’sa bo’ladimi
    Telefonda mayning qilsa ham bo’ladimj telfonda mayning qiladigan dasturi bormi buda qancha vaqtda 1 bitcoin ishlab topsa bo’ladi va q bitcoin hozirda qancha turadi va mijozni qayerdan topiladi qayerda sotiladi

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      1 – sotish mumkin birja orqali, 2 – adashmasam yo’q, 3 – yoq, 4 – yoq, 5 – mayning orqali 1 btc topish sizning temiringizga bog’liq, 5 – saytdan qarang, 6 – birja orqali

      Javob berish
  15. Azamat

    Salom men bitcoinga investitsiya kiritaman nega bizdagilar shunday qilmaydi

    Javob berish
    1. Chala Admin автор

      Salom, ularni sizning investga nima aloqasi bor?

      Javob berish
  16. Mehri opa

    Man katta yoshdaman yaxshi tushanoadim , Uzbekistonda ruxsat yoq qanaqa o’ynaladi. Faqat deb javob bermagin. Qozo’gni t’owqizi qilib tushuntirgin

    Javob berish
  17. Bahodir

    Front Endni qayerda o’rgandiz.Kursdami ili mustaqil o’zizmi

    Javob berish
  18. Ulugbek

    Salom. Men aksiyalar o’zgarishini ko’rish un investing.com ilovasiga kirgandim. Menga telefon qilishdi va yo’nalishimni so’rashdi kryptovalyutaga qiziqishim haqida aytdim va uning uchun 500$ visa kartamda bo’lishi kerakligi haqida aytishdi. Men un birja brokeri yollanib men bilan birga ishlashi va aksiyalarni qachon sotish va sotmaslik haqida xabar berib turishi haqida aytishdi. Bu qanchalik to’g’ri hozirda hisobimda 500$ yo’q va keyinchalik manashu savdoni davom ettirsam bo’ladimi ???

    Javob berish
  19. Bek

    Buni ozini pragramalarini ustanovka qilsek davlat ruhsat beradimi shunga

    Javob berish
  20. Nargizakhon

    UTIP Mobile приложенияси оркали инвестиция киритиБ пул топганла борми.?

    Javob berish
  21. Bitcoin tushunchasi

    Bir kishi managa invetsiyalar xaqida suromoqda Bitcoin nima

    Javob berish
  22. Muxriddin

    Bitcoinga sarmoya kiritish haqida ayting

    Javob berish